17/07/2021

Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tishini ta’minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma’lum bir davlat ichida savdo tovarlarini zarur iste’molchiga yetkazib berish vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.

2021- yil yanvar-iyun oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 28,3 % ni tashkil etib, bu esa 2 294,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-iyun oylarida ularning hajmi 1 871,9 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmning 30,0 % iga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech