30/07/2021

Tug‘ilish. 2021-  yilning  yanvar-iyun  oylarida 47 394 nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib ( bu yerda faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti  24,1  promilleni   tashkil etib, (2020- yilning yanvar-iyun oylarida 23,0 promille bo‘lgan) tug‘ilish koeffitsiyenti  1,1 promillega ko‘paygan.

Ma’lumot uchun: Tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa ham bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech