Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 21,9 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-iyul oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,2 % punktga kamaydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2020- yilning yanvar-iyul oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 15,5 % punktga kamaydi, 34,1 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2020- yilning yanvar-iyul oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 21,7 % punktga ko‘payib, 44,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati