Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga me’ros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini tashkil etishdir.
21- avgust – umumxalq xayriya hashari kuni munosabati bilan viloyatimizdagi barcha korxona va tashkilotlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman, shahar statistika bo‘limlari xodimlari o‘z hududlarida o‘tkazilayotgan xayriya hasharida faol ishtirok etdilar.
Hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, boshqarma va hududiy bo‘limlarda hovli, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.
Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlari boshqarma va hududiy bo‘limlar binosi va hovlisiga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishladi.
Axborot xizmati