Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 13- oktabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurshamiz” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan targʻibot aksiyasi tashkil qilindi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari, boshqarma xodimlari hamda onlayn shaklda hududiy statistika bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i v.b D. Musinov so‘zga chiqib, kuni kecha viloyat hokimligida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish natijasi, yig‘ilish yakuniga ko‘ra berilgan topshiriqlar, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.
Axborot xizmati