Joriy yilning 10- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 22- oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirish maqsadida Samarqand viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Abdiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil
22- oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5263-son Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib, mazkur qaror ijrosi bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Shu jumladan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kompleks takomillashtirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda shu bilan birga, korrupsiya jinoyatining vujudga kelish tarixi toʻgʻrisida, jumladan, korrupsiya – bu mansabdor shaxslar faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri – har qanday sohada, tizimda korrupsiya holatlarning vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarga barham berilishi kerakligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida yigʻilganlar huquq-tartibot organlari vakillaridan soha boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Yig‘ilishda kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun har bir Oʻzbekiston fuqarosi masʼul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Axborot xizmati