12/11/2021

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi – milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir. Xizmatlarning yuqori sifati va xilma-xilligini, xodimlarning mehnat samaradorligini oshiradi, iste’mol xarajatlarini kamaytiradi, vaqtni tejalishiga olib keladi hamda bo‘sh vaqt samaradorligini oshiradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 13 116,2 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 3 110,2 mlrd. so‘mga oshdi.

Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,3 % ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech