Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tishini ta’minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma’lum bir davlat ichida savdo tovarlarini zarur iste’molchiga yetkazib berish vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 28,0 % ni tashkil etib, bu esa 3 670,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida ularning hajmi 3 020,0 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmning 30,2 % iga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati