30/11/2021

Bugungi kunda viloyatda 8 190 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1 698 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 21,3 %ni) Samarqand shahriga, 1 198 tasi (14,6 %) Urgut tumaniga, 772 tasi (9,4 %) Samarqand tumaniga, 752 tasi (9,2 %) Pastdarg‘om tumaniga, 509 tasi (6,2 %) Ishtixon tumaniga, 390 tasi (4,8 %) Jomboy tumaniga to‘g‘ri kelmoqda.

Shahar va tumanlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p sanoat korxonalari joylashgan hududlar 6 taligida Samarqand shahar (1 748 ta), Urgut (1198 ta), Samarqand (772 ta), Pastdarg‘om   (752 ta), Ishtixon (509 ta) va Jomboy (390 ta) tumanlari qayd etildi.

2021- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan eng kam sanoat korxonalari joylashgan hududlar 6 taligida  Qo‘shrabot (152 ta), Nurobod (182 ta), Narpay (225 ta), Paxtachi (227 ta), Bulung‘ur (306 ta) tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida (289 ta) qayd etildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech