2021- yilning 30- noyabr kuni “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida boshqarma boshlig‘i v.b. D.Musinov so‘zga chiqib, korrupsiya – bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlari taraqqiyotiga rahna solayotgan jiddiy muammoligi, u chegara bilmay, jamiyat hayotining barcha jabhalariga, qadriyatlar tizimiga kirib borib, odob-axloq meʼyorlarini buzishi, erkin va demokratik tamoyillarga, fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga boʻlgan ishonchiga putur yetkazishi haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, korrupsiya bu - har qaysi davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy toʻsiq boʻladigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini kuchsizlantiradigan, oxir-oqibat inson huquq va erkinliklarining buzilishiga olib keladigan eng jirkanchli illat ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Korrupsiya – rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusi yuzasidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kompleks takomillashtirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.
Axborot xizmati