Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2020- yilning mos davriga nisbatan 1,2 % ga o‘sdi va 3 341,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa, umumiy savdo hajmining 20,6 % ulushiga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 12897,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 10,9 % ga oshdi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 79,4 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati