2021- yilning yanvar - oktabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1016,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 794,7 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 137,2 mlrd. so‘mni, otlar 78,1 mlrd. so‘mni, parrandalar 6,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati