13/12/2021

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida import hajmi 1 100,6 mln. AQSh dollarini va  2020- yilga nisbatan 120,4 % ni tashkil etdi.

Import tarkibida eng yuqori ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (30,3 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (28,5 %) hamda sanoat tovarlari (20,4 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 186,4 mln. AQSh dollariga koʻpaydi va 1 099,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1,3 mln. AQSh dollariga yetdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech