11/02/2022

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida  bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʻyicha  keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

 

Joriy yilning 11- fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda boshqarma, shahar va tumanlar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.

 

 

Tadbirda boshqarma boshlig‘i D. Musinov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 29- dekabrdagi 127-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasining tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi haqida hamda korrupsiya tufayli jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi idoraviy komissiya aʼzolari tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlarini tashkil etish, barcha xodimlar tomonidan Davlat statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz Davlat statistika idoralariga taklif qilish, asossiz to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, taʼmagirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga qatʼiy chek qo‘yish bo‘yicha ogohlantirildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech