14/02/2022

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 573 tani tashkil etib, ular tomonidan 530,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2020- yilning mos davriga nisbatan 58,3  % ga koʻpaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 95,0 % ni tashkil etib, ulardan eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (34,1 %), sanoat tovarlari (31,6 %) hamda mashinalar va transport asbop-uskunalari (9,3 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech