2022– yilning yanvar–mart oylari yakuniga ko‘ra yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Tоyloq tumanida (25,5 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Kattaqo‘rg‘on shahrida (98,9 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Samarqand shahrida (50,6 %) qayd etildi.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida (0,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Samarqand tumanida (67,3 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Urgut tumanida (0,0 %) qayd etildi.
Axborot xizmati