Viloyat bo‘yicha 2022-yilning yanvar-may oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 799,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 199,2 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 117,3 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 600,7 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 106,6 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati