18/07/2022

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.

 

Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 35 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 12,5 ming tonna

— Qozog‘iston – 7,7 ming tonna

— Qirg‘iziston R. – 4,8 ming tonna

— Koreya – 183 tonna

— Belarus – 163 tonna

— Polsha – 52 tonna

— BАА – 16 tonna

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech