2022-yil 1-iyul holatiga ko‘ra qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan jami korxona va tashkilotlar soni 3,6 mingta, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni esa, 3,4 mingtani tashkil etib, o‘tgan 2021- yilning mos davriga nisbatan 147 taga ko‘paygan.
2022-yilning yanvar-iyun oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fuqarolik obyektlarini qurilishi ishlari hajmi 122,2 foizni tashkil qilib (jami qurilishdagi ulushi 68,4 %) ni tashkil qildi. Bu qurilish sohasida korxona va tashkilotlar sonining ko‘payishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.
Fuqarolik obyektlarini qurilishi bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori ulushi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021-yilning yanvar-iyun oylaridagi jami qurilish ko‘rsatkichiga nisbatan 30,1 foizni tashkil etdi.