2022-yilning yanvar-iyun oyida import hajmi 827,8 mln. AQSh dollarini va 2021-yilga nisbatan 133,4 foizni tashkil etdi.
Import tarkibida eng yuqori ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (28,2 %), sanoat tovarlari (26,8 %) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (24,0 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oyida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 207,1 mln. AQSh dollariga koʻpaydi va 826,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar 1,3 mln. AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati