Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 90,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi 126,9 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinib, jami eksportning 21,4 foizini tashkil etdi. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan
35,8 mln. AQSh dollariga ko‘payish kuzatilib, 65,0 foizga ko‘paydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 30,2 mln. AQSh dollariga teng 61,5 ming tonna sabzavot, shuningdek, 27,4 mln. AQSh dollari qiymatidagi
27,5 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston, Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi hamda Turkiya davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati