Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 760,2 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 169 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
- meva va rezavorlar – 257 ming tonna
- quritilgan meva va rezavorlar – 30,2 ming tonna
- sabzavotlar – 657 ming tonna
- piyoz – 171 ming tonna
- karam – 131 ming tonna
- pomidor – 60 ming tonna
- uzum – 126 ming tonna
- mayiz – 53,4 ming tonna
- yeryongʼoq – 13,4 ming tonna
- tarvuz-qovun – 129,2 ming tonna
Axborot xizmati