Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkich 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan 136 taga koʻpaygan.
Yillar kesimida faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni:
— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 58 ta
— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 91 ta
— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 102 ta
— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 135 ta
— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 194 ta
Axborot xizmati