17/03/2023

2023- yil 1- mart holatiga viloyat bo‘yicha chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 14 800 tani tashkil etib, 2022- yil 1- martga nisbatan   2373 taga oshgan (o‘sish sur’ati 119,1 %). Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 42 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 14 758 tani tashkil qildi.

Shu jumladan, savdo sohasida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olib  borayotgan YATTlar va uyushmagan savdo (jismoniy shaxslar)ning kuzatuvlar asosida yig‘ilgan ma’lumotlar, chakana savdo ko‘rsatgichlariga kiritilgan.

Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2023-yilning  yanvar-fevral  oylarida viloyatning chakana  savdo tovar  aylanmasi 3421,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  yanvar-fevral  oylariga  nisbatan  95,0 % ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech