Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.
Tadbir davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek, referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha xodimlar tashabbuslari, takliflari ilgari surildi.
Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 29-moddasidagi normaga asosan, “Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi”
Sir emas, zarur hollarda malakali yuridik yordam olishga barchaning ham qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda, fuqaro oʻz muammosi bilan yolgʻiz qolmasligi kerak. Davlat baholi qudrat yordam qoʻlini choʻzishi lozim va shart. Shu bois muhtoj fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqi Konstitutsiyada alohida belgilanishi ham ijtimoiy, ham huquqiy nuqtayi nazardan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Konstitutsiyaga mazkur normani kiritilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlaydi hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi 6 bo‘lim, 155 moddadan iborat.
Axborot xizmati