Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatga qiymati 42 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 9 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.
2023-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 19,8 mln
— Qirgʻiz R. – 12 mln
— Italiya – 4,2 mln
— Belarus R. – 1,7 mln
— Ozarbayjon – 1,3 mln AQSh dollari
2023-yilning ikki oyida trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
— Toshkent shahri – 16,6 mln
— Toshkent viloyati – 8,1 mln
— Andijon viloyati – 6,3 mln
— Buxoro viloyati – 3,8 mln AQSh dollari
Axborot xizmati