17/04/2023

O‘zbekistonda 2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

 

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

 

  • Toshkent shahrida – 82 237 ta
  • Toshkent viloyatida – 38 665 ta
  • Samarqand viloyatida – 37 862 ta
  • Farg‘ona viloyatida – 36 143 ta
  • Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta
  • Andijon viloyatida – 27 230 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 151 761 ta
  • sanoat sohasida – 74 713 ta
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 426 ta
  • qurilish sohasida – 34 772 ta
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 785 ta

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech