01/06/2023

    2023- yil 1- may holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan  tijorat    korxonalari  soni 3 117 tani tashkil etib, o‘sish sur’ati 85,4 % ni tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 8  tani, kichik korxona va  mikrofirmalar soni  3 109 tani tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 257,7 mlrd. so‘mni (101,0 % ni) tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,0 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 71,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech